O‘zbekiston prezidentining Misrga rasmiy tashrifi boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Qohira shahriga keldi.
Misr poytaxtining xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston yetakchisini Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi va samimiy qutladi. Davlat rahbarlarining qisqa uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bugun davlatimiz rahbari Qohirada buyuk alloma bobomiz Ahmad Farg‘oniy tomonidan barpo etilgan “Miqyosi Nil” inshootiga tashrif buyuradi va Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishadi. Ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
Tashrifning asosiy tadbirlari, shu jumladan oliy darajadagi muzokaralar ertaga, 21 fevral kuniga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

10:14 / 05.03.2025
Arab sammiti Misrning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi

18:36 / 20.02.2025
Misrda 100 yil ichida ilk bor fir’avn qabri topildi. Unda Tutmos II dafn etilgan

22:23 / 19.02.2025