Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daromadi 10 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi
Prezidentning “Tadbirkorlik sub’yektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2023 yil 1 apreldan boshlab:
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan bir yilda bir marotaba o‘rta tadbirkorlik sub’yektlariga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi;
jami daromadi 10 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan tadbirkorlik sub’yektlari uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi.
- Bunda, soliq organlari tomonidan jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub’yektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi va maxsus axborot portali bilan ma’lumot almashinuvi ta’minlanadi;
- davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi;
- yuqori qo‘shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bog‘liq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi
O‘zbekiston | 12:33
-
Mers: Germaniya Ukraina uchun AQShdan Patriot tizimlarini sotib olishga tayyor
Jahon | 12:30
-
O‘zbekistonda tez yordamga birorta ham yolg‘on chaqiriq bo‘lmagan hudud aytildi
O‘zbekiston | 12:07
-
Akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi
O‘zbekiston | 11:55
Mavzuga oid

17:59 / 02.08.2024
5 yil staji bor xotin-qizlarga 500 ta kontrakt kvota ajratildi

17:49 / 30.07.2024
Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun kvota qanday hisoblandi?

18:57 / 29.07.2024
Harbiy xizmatchi, IIO va bojxona xodimlari farzandlari uchun kvotalar tasdiqlandi

19:01 / 27.07.2024