Dunyoda birinchi marta buyrak hujayralari tiklandi
Singapurlik va germaniyalik olimlar buyraklarni sog‘lom holatga qaytarish usulini topishdi.

Foto: Getty Images
Singapur milliy yurak markazi (NHCS) Dyuk tibbiyot maktabi olimlari va nemis mutaxassislari dunyoda birinchi marta buyrak hujayralarini tiklash mumkinligini ko‘rsatdi. Dastlabki tadqiqot natijalari Nature Communications jurnalida e’lon qilindi.
Mualliflar o‘z tadqiqotida jigar, o‘pka va yurakda, shuningdek, o‘tkir va surunkali buyrak kasalliklarida chandiqlarni keltirib chiqaradigan interleykin-11 (IL-11) oqsiliga e’tibor qaratdilar. Olimlar bu oqsil buyraklar shikastlanganda molekulyar jarayonlar zanjirini qo‘zg‘atib, yallig‘lanish, fibroz va organlar faoliyatining buzilishiga olib kelishini aniqladi.
Biroq, bu jarayon IL-11 oqsiliga antitana kiritish orqali bloklanganda, buyrak kanalchalari hujayralarining ko‘payishi (proliferatsiya) va tiklanishi, shuningdek, yallig‘lanishning barham topishi yuz beradi, natijada, buyraklar yana sog‘lom holatga qaytadi.
Olimlarning fikricha, ularning kashfiyoti surunkali buyrak kasalliklarini davolashning mavjud usullarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi.
Mavzuga oid

21:18 / 04.02.2025
So‘nggi 8 yil ichida inson miyasidagi mikroplastik zarrachalar 50 foizga oshdi - tadqiqot

22:16 / 08.11.2024
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

22:27 / 30.09.2024
Olimlar artrit va qandli diabetni tashxislash uchun mini-skaner yaratdi

21:10 / 28.09.2024