“Bolam tug‘ilgandan beri azob chekyapti” – go‘dagiga jigar bergan ona iztirobi

Jamiyat 16:15 / 01.02.2023 20701

Shundan so‘ng oila topgan-tutganlarini sotib, saxiylar va yaqinlar ko‘magida to‘plangan pul bilan Hindistonga ketishadi. U yerda jigar ko‘chirish operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkaziladi. Ammo operatsiyadan keyin jigarga tushgan infeksiya sababli bolaning ahvoli og‘irlashib, yana 20 kun jonlantirish bo‘limida qoladi. Bu bilan esa ularning musofirchilikdagi hayotlari cho‘zilishiga to‘g‘ri keladi.

Ayni paytda xorijdagi klinikada jajji Mardonbek va onasi Yulduz Barotovalarning davolanish jarayoni davom etyapti. Yulduzning aytishicha, ularda faqat operatsiya xarajatlari uchun mablag‘ bo‘lgan:

“Uyga ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan mahalimizda bolamning ahvoli og‘irlashib qoldi. Infeksiya tufayli rangida sarg‘ayish kuzatildi. Klinikadan qarz bo‘ldik. Hali yana 10-15 kun davolanishimiz kerak ekan. Lekin bunga mablag‘imiz yo‘q. Kelayotganda faqat operatsiya uchun yetarli pulimiz bor edi.

Bolam ham qiynalib ketdi, azoblanyapti. Biz-ku oz bo‘lsayam yashadik, lekin bolam tug‘ilganidan beri azob ko‘ryapti”, - deya zor yig‘laydi xasta go‘dakning onasi. 

Hozir bemor bola va uning yarimjon onasiga moddiy yordam nihoyatda zarur. Ular o‘z vatanlariga, yaqinlari yoniga qaytishlari kerak. 

Mardonbek Temurovga oid ma’lumotlar: 

Uzcard: 8600 0609 3339 1774 xolasi Hayitova Dilobar nomida 

Sberbank: 2202 2023 7828 5971 buvisi Barno Siddiqova nomida 

Manzil: Samarqand viloyati, Qattaqo‘rg‘on tumani, Oyijon mahallasi.

Ko‘proq yangiliklar: