“Agrobank” ATBga xalqaro standart bo‘yicha muvofiqlik sertifikati berildi

Iqtisodiyot 16:57 / 30.01.2023 22526

Bugungi kunda “Agrobank” ATBning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, “halollik vaksinasi”ni joriy qilish yuzasidan bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Foto: Agrobank

Bu boradagi maqsadli sa’y-harakatlarning natijasida bank Bosh ofisi hamda mijozlar bilan faoliyat olib boruvchi Toshkent shahar filialiga “CERT International” xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan  ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari taqdim etildi.

Foto: Agrobank

Mazkur xalqaro sertifikatlarning qo‘lga kiritilishi hozirgi transformatsiya jarayonida xorijiy investorlarni jalb etish, moliya institutlari bilan aloqa o‘rnatish va bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Agrobank” matbuot xizmati Telegram kanali

Ko‘proq yangiliklar: