Toshkentda bir kunga ijaraga olingan Gentra'ning barcha ehtiyot qismlari yechib olib ketildi
Poytaxtda avtomashinani ijaraga olish jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘ldi.
Joriy yilning 19 yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga avtomashinalarni ijaraga berish shoxobchasi rahbari murojaat qildi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB.
Shoxobchasi rahbari bir kun avval 20 yoshli Sh.I. Gentra avtomashinasini 19 yanvar kuni soat 22:30 da qaytarish sharti bilan ijaraga olib, qaytarib bermaganligini bayon qilgan.
Avtomashinaning joylashuvi GPS moslamasi orqali aniqlanib, uning holati ko‘zdan kechirilganda, avtomashinadan antiradar, videoregistrator, barcha g‘ildiraklari va o‘rindiqlari, rul, yoritish chiroqlari va yana bir qator ehtiyot qismlari yechib olib ketilganligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

11:41 / 07.03.2025
Yerni ijaraga olish uchun auksionda boshlang‘ich narxni belgilash tartibi o‘zgardi

21:36 / 12.02.2025
Namanganda piyodani urib, qochib ketgan qora Gentra topildi

08:40 / 08.02.2025
Toshkentda uy-joy uchun ijara narxi arzonlashishda davom etmoqda

09:52 / 07.02.2025