O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi 7,5 mlrd dollarga yetdi

Iqtisodiyot 11:25 / 28.01.2023 20621

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu mamlakat umumiy savdo hajmining 15 foiziga teng bo‘lgan.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksporti 3,1 mlrd dollarni (o‘sish 15,4 foiz), importi esa 4,4 mlrd dollarni (o‘sish 18,6 foiz) tashkil etdi.

2022 yilning yanvar-dekabr oylari yakunida O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 4,6 milliard dollarni (o‘sish 17,9 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 1,4 milliard dollarga, import hajmi esa 3,2 milliard dollarga yetdi.

Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 1,3 milliard dollarni (o‘sish 32,1 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 979,3 million dollarga, import hajmi esa 280,7 million dollarga teng bo‘lgan.

Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 926,3 million dollarni (o‘sish 2,7 foiz) tashkil etgan, eksport hajmi 194,8 million dollarni, import hajmi esa 731,5 million dollardan iborat bo‘lgan.

Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 674,4 million dollarni (o‘sish 11,4 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 519,9 million dollarga, import hajmi esa 154,5 million dollarga yetgan.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulush Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi – 62 foiz. Qirg‘iziston 17 foiz, Turkmaniston 12 foiz va Tojikiston 9 foizdan iborat bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: