O‘zbekistonga mobil telefonlar importi kamaydi

Iqtisodiyot 13:29 / 28.01.2023 7612

O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 199 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,9 mln dona mobil telefon import qilingan.

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga mobil telefonlar importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 73,8 mingtaga kamaygan.

O‘zbekiston 2022 yil mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti - 2,2 mln dona.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

— BAA – 247,5 ming  dona; 
— Vetnam – 217,9 ming dona;
— Hindiston – 185,5 ming dona.

Ko‘proq yangiliklar: