“Og‘riqning zo‘ridan o‘zini o‘zi urgan kunlari bo‘ldi”: og‘ir dard bilan kurashayotgan norasidalarga yordam kerak

Jamiyat 13:55 / 20.01.2023 19513

Mohigul Sayidova ro‘zg‘or yukini tortishda ko‘maklashish uchun bir necha yildan beri turmush o‘rtog‘i bilan chet elda mehnat qilardi. Oxirgi marta yurtga qaytishganida farzandini ham o‘zlari bilan olib ketishdi. Ular o‘g‘lining oqqon kasalligi bilan og‘riganidan bexabar edi.  

“Erim bilan olti yildan beri Rossiyada ishlaymiz. O‘g‘limizni ham o‘zimiz bilan olib ketgan edik. Lekin 3-4 kun o‘tib issig‘i ko‘tarilib ketdi. Bolamni olib O‘zbekistonga qaytdim. Bir nechta joyga analiz topshirdik. Barchasining javobi bir xil chiqdi.

Oqqon shunday yomon kasallik ekan. Bolangizning qiynalayotganini ko‘rib turasiz, lekin qo‘lingizdan hech narsa kelmaydi. Bundan yomoni bo‘lmas ekan, ona uchun”, deydi Mohigul opa o‘kinch bilan.

Asadbek Almatovga oid ma’lumotlar:

Unionpay: 6262 5700 2726 7832 onasi Mohigul Sayidova nomida

Manzil: Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 14-uy 38-xonadon.

“Farzandim nogiron bo‘lib qoladi deb qo‘rqqandim”

Bolam oyog‘ini bosolmay qolgandi. Nogiron bo‘lib qoladimi deb rosa qo‘rqqandim. Doktorlarga rahmat, shunchalik oyoqqa turg‘azib berishdi.

Shifoxonada qaytalanib kelganlarni ko‘rib yuragimni qo‘rquv bosadi. Tuzalganidan keyin yana qaytalab qolsa bolam qanday chidaydi? Og‘riqning zo‘ridan o‘zini o‘zi urib ketgan kunlari bo‘ldi. Rosa qiyin ekan.

O‘zim hamshiraman. Shu sohani tushunganimga ikkinchi marta afsuslanyapman. Otam olamdan o‘tganlarida qo‘limdan hech narsa kelmaganidan birinchi bor hamshiraligim uchun o‘kingandim. Bolamning qiynalayotganini ko‘rib yordam berolmayapman. Ikkinchi marta yana shunday pushaymonlikni his qilyapman”, deydi Umida ko‘z yoshlarini tiyolmay.

Zahro Kamolovaga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0609 1569 0037 onasi Umida Meliyeva nomida

Humo: 9860 0101 1859 6096 onasi Umida Meliyeva nomida

Manzil: Jizzax shahri “Qipchoq” MFY Bog‘don ko‘chasi 73-uy.

“Qaytalanib qolsa yomon ekan”

Muazzamga 2019 yil aprel oyida oqqon tashxisi qo‘yiladi. Shundan so‘ng ota-onasi qizini davolatish uchun uyini sotib Toshkentga kelishadi. Darddan xalos bo‘lgan Muazzam tengdoshlari bilan o‘qib yurgan kunlarning birida, 2022 yilning sentabrida yana qaytalanib qoldi.

“Yaxshi yurgan edim. Analiz topshirib turardim. Yana bir marta shunday kasal chiqqanidan keyin qaytadan davolanishni boshladim. Do‘stlarim uzoqda, o‘qishim qolib ketyapti”, deydi Muazzam ko‘zlaridagi yoshni yashirishga urinib.

Muazzamxon Ne’matjonovaga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0329 2302 9615 otasi Jo‘rabek Ahmadaliyev nomida

Humo: 9860 6004 0569 9791 onasi Yulduz Vohidova nomida

Manzil: Namangan viloyati Norin tumani “Yangi tong” MFY O‘zbekiston ko‘chasi 23-uy.

“Shuncha kurashdim, yo‘qotib qo‘yishni xohlamayman”

Nafisa opa qahratonda ham dorixonaga yupun kiyimda chiqadi. Uni ko‘rgan farmatsevt ham, opa, ichingiz yonadi-ya, deydi. Unga javoban Nafisa opa ham ichidagi gulxanning bir zarrasi haqida gapiradi:

“Ichim yonadi, to‘g‘risi. Birinchi o‘ylagan narsam shu bolam bilan hamma qiyinchiliklarni yengib o‘tdim. O‘ttizga kirib topganim bu mening. Boshimdan nimalar o‘tgan bo‘lsa ham yonimda shu bolam borligi uchun chidaganman.

Shuncha kurashib, endi yo‘qotamanmi?! Ukasini tuqqanimda 38 yoshda edim. Hayotimda ko‘p qiyinchiliklarni ko‘rganman. Lekin hech biri farzanding azoblanayotganini ko‘rib yordam berolmaydigan daraja og‘riqli emas ekan”.

Shohjahon Madrimovga oid ma’lumotlar:

Humo: 9860 0401 1967 3180 onasi Nafisa Masharipova nomida

Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri Navoiy ko‘chasi 25-uy.

Ko‘proq yangiliklar: