«Chelsi» 100 million yevroga ukrainalik hujumchi sotib oldi
Londonning «Chelsi» klubi «Shaxtyor» futbolchisi Mixail Mudrik transferini e’lon qildi.

Foto: AP
Klub rasmiy saytiga ko‘ra, ukrainalik 22 yoshli vinger London klubi bilan 8,5 yillik shartnoma imzolagan. Mudrik bugun, 15 yanvar kuni Londonga yetib kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Ukrainalik vinger yangi jamoasida yillik 7,5 million yevro maosh oladi.
Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, «aristokratlar» 22 yoshli vinger uchun Ukraina klubiga bonuslar bilan birga 100 million yevro to‘laydi.
Avvalroq, «Arsenal» Mudrik transferi bo‘yicha kelishuvga yaqin ekani, Ukraina klubi londonliklarning 68+28 million yevrolik taklifini oshirishni so‘rayotgani haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Mudrik UPL joriy mavsumida 12 o‘yinda 7 ta gol va 7 ta assist qayd etgan. YeChLda esa 6 o‘yinda 3 ta gol va 2 ta assistga erishgan.
Ma’lumot uchun, Mudrik Ukraina futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Bungacha «MYu» «Shaxtyor»dan Fredni 59 million yevroga sotib olgani, klubning eng qimmat transferi sanalardi.
Mavzuga oid

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari

01:58 / 26.01.2025
Gvardiola Husanovning debyuti haqida: «Har qanday o‘yinchi xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, u hali yosh va albatta o‘rganadi»

14:12 / 25.01.2025