Jahon | 12:19 / 12.01.2023
7464
2 daqiqa o‘qiladi

«Vagner»: Yo‘qolgan britaniyalik ko‘ngillining jasadi topildi

«Vagner» XHK vakillari chorshanba kuni kechqurun Donetsk viloyatidagi Soledar shahrida avvalroq bedarak yo‘qolgan ikki britaniyalik ko‘ngillidan birining jasadi topilgani haqida xabar berdi. 

Ikkinchi ko‘ngillining hujjatlari ham topilgani aytilgan

Endryu Begshou va Kristofer Perrining g‘oyib bo‘lgani haqida avvalroq jurnalist Viktoriya Ivlevaning o‘g‘li xabar bergan edi. 

XHK egasi Yevgeniy Prigojinning matbuot xizmati ikkala britaniyalikning hujjatlarini e’lon qildi.

Bundan oldin Ukrainaning Donbass hududidagi janglarda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi a’zosi, asli surxondaryolik Sardor Sa’dullayev Ismatullo o‘g‘li halok bo‘lgandi. 

Bu haqda Boshqirdistonning Burayevo qishlog‘i ma’muriyati rahbari Rushan Garayev ijtimoiy tarmoqda xabar berdi. Uning yozishicha, 29 yoshli yigit bilan vidolashuv marosimi 7 yanvar kuni Burayevo qishlog‘ida o‘tkazilgan. 

Xabarda keltirilishicha, Sardor Sa’dullayev 1993 yil 9 mayda O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati, Sharg‘un shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda oila Rossiyaning Burayevskiy tumani, Burayevo qishlog‘iga ko‘chib o‘tgan. 2010 yilda 3-sonli o‘rta maktabning to‘qqizinchi sinfini tugatgach, Ufa neft kollejiga o‘qishga kirgan, u yerdan RF Qurolli kuchlari safiga chaqirilgan. 

Mavzuga oid