London: Rossiya Soledarning katta qismini nazorat qilyapti

Foto: RIA Novosti
Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning so‘nggi to‘rt kunlik hujumidan so‘ng, Soledarning katta qismi rus qo‘shinlari va "Vagner" XHK kuchlari nazorati ostida bo‘lishi mumkin.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan tayyorlangan Ukrainadagi vaziyat sharhiga ko‘ra, Baxmutdan 10 km shimolda joylashgan ushbu aholi punktini egallab olish, ehtimol, Rossiya kuchlarining asosiy tezkor vazifasidir.
Katta ehtimol bilan u Baxmutni shimoldan chetlab o‘tish va Ukraina aloqa yo‘llarini buzish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Boshqa narsalar qatorida, janglar hudud ostidan o‘tuvchi 200 kilometrlik tashlandiq tuz konlari tunnellariga kirish uchun ham olib borilgan, deb ma’lum qildi London.
«Baxmutga bosim kuchayganiga qaramay, rus qo‘shinlari uni tez orada o‘rab olishlari dargumon, chunki Ukraina qo‘shinlari barqaror chuqur mudofaa chizig‘ini va ta’minot yo‘llarini nazorat qilmoqda», — deyiladi Twitter'da.
Mavzuga oid

19:53
Yevropa nimadan qo‘rqmoqda: mintaqa o‘zini himoya qila oladimi?

23:28 / 10.03.2025
Rossiyadan ko‘chmas mulk xarid qilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshdi

18:48 / 08.03.2025
Suriyada notinchlik – ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning ommaviy qirg‘ini videolari tarqaldi

08:20 / 08.03.2025