Sayyohlar mehmonxona va turizm obektlaridagi xizmat ko‘rsatish sifatini baholashlari mumkin

Foto: KUN.UZ
“Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi o‘zining rasmiy veb-saytida turistlarning joylashtirish vositalaridan qoniqish darajasini aniqlash uchun so‘rovnoma joriy qildi.
So‘rovnomada umumiy ovqatlanish obektlari, ziyorat obektlari, ma’lumot beruvchi obektlar, ko‘ngilochar obektlar, transport, davolash-sog‘lomlashtirish obektlaridagi:
- obekt xaritasi va lokatsiyasining mavjudligi;
- obektning bezatilganligi;
- internet aloqa;
- narx siyosati;
- sanuzel holati;
- ibodat uchun imkoniyatlar;
- xizmat ko‘rsatish tezligi;
- ona va bola xonasining mavjudligi;
- to‘lov qulayliklari bo‘yicha 1 dan 6 gacha bo‘lgan shkalada baholanadi.
Taklif va e’tirozlarni foto yoki videofayllar ko‘rinishida ham tizimga yuklash imkoniyati mavjud.
Shuningdek, sayyohlar quyidagi QR-kod orqali joylashtirish vositalari haqida o‘z baholarini berishlari mumkin:
Mavzuga oid

13:48 / 11.03.2025
2025 yilda O‘zbekistonga 12 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda

16:08 / 31.01.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon ID-kartani o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

19:33 / 23.01.2025
Shakarob dunyoning eng yomon taomlari reytingiga kiritildi

18:15 / 17.01.2025