Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Sport 20:48 / 09.01.2023 22783

«Uzoq o‘ylab, milliy jamoa va klubdagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bu haqda ko‘p o‘yladim va shunday qarorga keldim. Hayotda o‘zim sevgan sport turi bilan shug‘ullanib, orzularimga erishganimdan chinakam baxtiyorman. Endi hayotimdagi yangi sahifaga o‘tyapman. Yangi sarguzashtlar uchun o‘zgarishlar vaqti keldi», - deya yozadi 33 yoshli uelslik futbolchi.

Beylning so‘nggi klubi «Los-Anjyeles» jamoasi bo‘ldi. U «Real»dagi 9 yillik faoliyatidan keyin 2022 yilning yozida AQSh klubiga ko‘chib o‘tgandi. Garet Madrid klubi bilan 5 karra YeChL g‘olibiga aylangan. U shuningdek, «Sauthempton» va «Tottenhem» klublari sharafini himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Garet Beyl Qatarda o‘tgan mundialda 64 yillik tanaffusdan keyin Uelsning jahon chempionatidagi dastlabki goliga mualliflik qildi. Uels so‘nggi marta 1958 yilgi JChda ishtirok etgandi. JCh-2022da esa guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: