Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar «2023 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunni qayta ko‘rib chiqadimi?
Ma’muriy o‘zgarishlarni ko‘zda tutuvchi prezident farmoni imzolandi. Unda hokimiyat organlarining sonini 61 tadan 28 tagacha qisqartirish nazarda tutilgan. Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bir necha kun ichida shoshilinch qabul qilingan asosiy moliyaviy hujjat qayta ko‘rib chiqiladimi?

Foto: Oliy Majlis
22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishdan keyin qabul qilingandi. Ammo, shundan so‘ng «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi. Farmonda ijro etuvchi hokimiyat organlarining sonini 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar sonini 25 tadan 21 tagacha qisqartirish ko‘zda tutilgan. Kun.uz deputat Navro‘z Rizayev bilan bog‘lanib, “Qonunchilik palatasi davlat budjeti haqidagi qonunni qayta ko‘rib chiqadimi?” degan savol bilan yuzlandi.
«Budjet qayta ko‘riladi, shunaqa kelishilgan. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga qaytarilmaydi, unga o‘zgartirishlar kiritiladi. Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarovning bizga ma’lum qilishicha, vazirliklar o‘zgarganidan keyin, mablag‘lar ajratish qayta taqsimotda nazarda tutiladi.
Mening bilishimcha, «Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun tasdiqlanadi va keyingi yilda mazkur qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqiladi. Taqsimotda hamma jihatlar e’tiborga olinadi», - dedi deputat.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 27 dekabr kuni chaqiriladigan Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisida «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunni ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayg‘oqlarni saqlab qolish bo‘yicha memorandum imzolaydi
O‘zbekiston | 15:17
-
O‘zbekiston va Rossiya aviaqatnovlar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekiston | 15:06
-
«Uchrashuvga hali erta». Istanbuldagi muzokaralarning qisqacha yakunlari
Jahon | 14:50
-
Germaniyadan bir hafta ichida ikkinchi deportatsiya reysi uchib ketdi
Jahon | 14:46
Mavzuga oid

16:11 / 12.06.2025
“Konstitutsiyaga zid tartib bekor qilinish kerak” - XDP taksichilar masalasida vazirni gilamga chaqirdi

11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida

15:25 / 13.01.2025
Faol deputatlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi

12:17 / 05.01.2025