Bu – 2025 yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlashga oid prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
Xorijiy tilni biladigan davlat xizmatchilariga ustama to‘lash 2022 yil 1 yanvardan boshlangan edi. Oradan 2 yil o‘tib, bu tartib bekor qilindi.
Ustama miqdori xodimning lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha deb belgilangan edi.
Avvalroq, xokimliklarda ishlovchi xodimlarning ish haqini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi ma’lum qilingandi.