Statistika hisobotining yangi shakllari tasdiqlandi
Davlat statistika qo‘mitasining “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan 100 dan ziyod statistika hisoboti shakllari tasdiqlanmoqda. Shu bilan birga, Statistika qo‘mitasi 2022 yildagi shakllaridan farqli ravishda, yangi ro‘yxatda quyida sohalar bo‘yicha alohida shakllar tasdiqlanmagan:
birja faoliyati to‘g‘risida;
- meva-cabzavot xaridi to‘g‘risida;
- kutubxona faoliyati to‘g‘risida;
- tijorat banklari faoliyati to‘g‘risida;
- sug‘urta tashkiloti faoliyati to‘g‘risida;
- madaniy meros obektlari to‘g‘risida.
2022 yil uchun tasdiqlangan statistika hisoboti shakllari 01.01.2023 yildan o‘z kuchini yo‘qotmoqda.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi

13:32 / 07.03.2025
O‘zbekistonda rasmiy statistikani tayyorlashga autsorsing joriy etiladi

11:55 / 04.03.2025