O‘zbekiston | 10:29 / 14.12.2022
11574
7 daqiqa o‘qiladi

IT kasbini qanday qilib egallash mumkin va undan qancha daromad topsa bo‘ladi?

O‘zbekistonda IT mutaxassislari qancha maosh olishadi va bu soha bo‘yicha qanchalar qisqa vaqt ichida ish boshlash imkoni mavjud?! IT Park University mutaxassislari xalqaro EPAM IT kompaniyasi bilan birgalikda, oliy ma’lumot talab qilmaydigan 4 yo‘nalish haqida aytib berishdi.

Yangi boshlayotganlar uchun IT-yo‘nalishlaridan qay birini tanlashni aniqlash qiyin bo‘ladi. Ba’zilariga ixtisoslashgan oliy ma’lumot talab qilinsa, boshqalariga esa ko‘p yillik tajribasiz kirish qiyin bo‘ladi. IT Park University mutaxassislari EPAM bilan birga, 4 oy ichida egallash mumkin bo‘lgan sohalarni ajratib chiqishdi. 

Biznes-tahlilchi 

Biznes-tahlilchi kasbi, tizimli-tahliliy fikrlashga ega bo‘lgan va yangi narsalarni o‘rganishni yaxshi ko‘radiganlar uchun yaratilgan. Bu kasb vakillari odatda, yirik tadbirkorlik - banklar, sug‘urta tashkilotlari, texnologiya kompaniyalari, savdo, sanoatda ishlaydilar. Bunday ish beruvchilar, yuqori ish haqidan tashqari, xodimlarga qo‘shimcha imtiyozlarni taklif qilishadi: mukofotlar, tibbiy sug‘urta, professional treninglar, korporativ tadbirlar. 

Ushbu kasb vakili biznes-jarayonlarni o‘rganadi, rivojlanish uchun muammolar va imkoniyatlarni aniqlaydi va keyin samarali yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradi. U kompaniyaning vazifa beradigan bo‘limlari va shu vazifani amalga oshiradigan ishlab chiquvchilar o‘rtasida "tarjimon" bo‘lib xizmat qiladi. 

O‘zbekistonda, biznes-tahlilchilarga dastlabki bosqichda 7 mln so‘mdan, 25-27 mln so‘mgacha o‘sish istiqboli bilan taklif qilishadi.  

Java-dasturchisi 

IT-loyihalarni joylashtirish va hamkorlikda rivojlantirish bo‘yicha eng yirik shirkat bo‘lgan Github’ning dasturlash tillari reytingida Java ikkinchi o‘rinda turadi. Java-dasturchilari banklar, onlayn-do‘konlar, o‘yinlar, kompaniyalar, davlat xizmatlari uchun veb-saytlar va ilovalar yaratishadi. Twitter, Amazon, eBay va Minecraft, Assassin's Creed singari o‘yinlar shu dasturlash tilida yozilgan. 

Siz Java tilini mustaqil o‘rganishingiz mumkin, ammo amaliyotchi o‘qituvchining tushuntirishlari va yordami bilan samarali tuzilgan kurslarda ta’lim olish, vaqtni tejaydi va nazariy bilimlardan tashqariga chiqishga yordam beradi. Bu juda muhim, negaki kelajakdagi ish beruvchi ma’lumotlarni shunchaki bilishni emas, balki haqiqiy muammolarni hal qilish qobiliyatini kutadi. 

O‘zbekistonda bu sohaga yangi kelganlarga 6-8 mln so‘m taklif qilinsa, yuqori darajadagi (senior)larning maoshi 50 mln so‘m va undan yuqori foyda olib kelishi mumkin.  

ITPU ushbu kasbni 26 hafta ichida egallashni taklif qiladi. 

IT kasbini qanday qilib egallash mumkin va undan qancha daromad topsa bo‘ladi?

Front-end dasturchi do‘stona foydalanuvchi interfeysini yaratish uchun javobgardir. Bu sayt, dasturiy ta’minot, servis yoki ilova bo‘lishi mumkin – hech bir mahsulot yaratilishi ushbu mutaxassissiz amalga oshirilmaydi. 

Front-end dasturchi o‘zining kasbiy mahoratini yirik korporatsiyada ham, start-up'da ham amalga oshira oladi, chunki bugungi kunda loyihalar birinchi navbatda onlayn tarzda amalga oshirilmoqda. Bu o‘z o‘rnida ish o‘rinlari ko‘pligi va endigina IT sohasiga qadam qo‘yayotganlar uchun muvaffaqiyatli mehnat foaliyatini boshlashga keng imkoniyat yaratmoqda.

O‘zbekiston bozorida Front-end dasturchilarining o‘rtacha maoshi 15 mln so‘mni tashkil qiladi. ITPU ushbu kasbni 26 hafta ichida egallashni taklif qiladi. 

Android-dasturchisi 

Google I/O 2022 anjumanida, 2021 yilda foydalanuvchilar 1 milliarddan ortiq Android smartfonlarini faollashtirgani e’lon qilindi. Hammasi bo‘lib dunyoda ularning soni 3 milliarddan oshadi. Bu operatsion tizim asosida planshetlar, noutbuklar, aqlli soatlar, fitnes bilaguzuklar, o‘yin ilovalari va televizorlar ham ishlaydi. 

Google'ning operatsion tizimini yanada takomillashtirish rejalarini hisobga olinadigan bo‘lsa, Android-dasturchisi kasbi hali uzoq yillar davomida ommabop bo‘ladi. Hozir ko‘p milliardlik foydalanuvchilar uchun dasturlar ishlab chiqadiganlar qatorida bo‘lishning ayni payti. 

O‘zbekistonda boshlang‘ich lavozim (Junior level) maoshi 6 mln so‘mdan boshlanadi, yuqori malakali mutaxassislar esa 50 mln so‘mgacha yetishi mumkin. 

Ingliz tili - sizning IT sohasiga birinchi qadamingizdir 

Ingliz tili IT-mutaxassislariga kasbiy faoliyatining boshlanishidanoq hamrohlik qiladi. Ingliz tili keng qamrov bilan IT sohasida qo‘llanadi. Dasturlash tillari shu til asosida qurilgan, dasturiy ta’minot yangilanishlari ham shu asnoda chiqariladi, kod yozish amaliyotlari ham ingliz tilida aks etadi. 

Ingliz tilini yaxshi egallagani tufayli boshlang‘ich darajadagi IT mutaxassisi (Junior level) xalqaro jamoalarda ish faoliyatini olib borish imkoniyatini qo‘lga kiritadi, u yerda esa ajoyib va so‘ngi rusumdagi IT mahsulotlar ustida amaliyot o‘tashi, bir vaqtning o‘zida qimmatli tajriba va munosib maosh olishi mumkin. Bundan tashqari, IT nafaqat daromadli, balki juda dinamik faoliyat yo‘nalishidir. Trendlar, vositalar va yondashuvlar tezlik bilan o‘zgarib bormoqda, shuning uchun muhandislar va dasturchilar so‘nggi ishlanmalardan xabardor bo‘lishlari kerak. Doimo rivojlanib, innovatsiyalarni kuzatib borish zamon talabi. Eng dolzarb maqolalar va videolar esa ingliz tilidagi manbalarda nashr etilmoqda.

IT mutaxassisga kerak bo‘lgan ingliz tilini ITPU va EPAM UpSkill jamoasidan IT English kurslarida o‘rganishingiz mumkin. Hech qanday umumiy bazaviy mavzular yo‘q, faqatgina karerada yordam beradigan professional til. 

Har bir kursning o‘quv modullari bilan tanishish uchun, saytga o‘ting yoki (+998) 55−503−99−99 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid