O‘zbekiston Gretsiyani BMTning Orolbo‘yi bo‘yicha trast fondida qatnashishga chaqirdi
YeXHT vazirlar kengashi navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Polshaga tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda kun tartibi barcha yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston – Gretsiya munosabatlari bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, BMT va uning institutlari, mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik ayrim jihatlari ko‘rib chiqildi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar kun tartibi va jadvali, TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi davrasi yuzasidan fikr almashildi.
Ikki mamlakat ta’lim muassasalari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Diplomatik akademiya hamda Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik bildirildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar mavjud salohiyatini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi. Iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya faoliyatini qayta tiklash, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va tegishli idoralari o‘rtasida investitsiya, transport, infratuzilma va energetika sohalarida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish zarurligi qayd etildi.
Vladimir Norov Gretsiya tomonini BMTning Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondi ishida qatnashishga chaqirdi.
Mavzuga oid

15:23 / 01.03.2025
Gretsiyada yirik poyezd avariyasining ikki yilligi munosabati bilan namoyishlar bo‘lib o‘tdi

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

15:35 / 27.01.2025
Gretsiyada - 2023 yilgi poyezd halokati tufayli norozilik namoyishlari

00:16 / 03.01.2025