Interpol Afrikaning eng boy ayolini qidiruvga berdi

Jahon 21:46 / 01.12.2022 12797

Interpol Angola sobiq prezidentining qizi Izabel dush Santushga nisbatan «qizil xabarnoma» chiqardi. Bu uning qidiruvga berilganini anglatadi. 

Izabel o‘z mamlakatida turli jinoyatlarda, jumladan, davlat mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish, lavozimlarni sotish, pul yuvish va firibgarlikda ayblanmoqda. Xususan, 2020 yilda Angola hukumati tadbirkor ayol va uning erini milliard dollarlik budjet mablag‘larini o‘z kompaniyalari hisobiga o‘tkazganlikda ayblagan. 

Dush Santush barcha ayblovlarni rad qilyapti. U ayblovlarni siyosiy sabablar bilan bog‘lamoqda. 

Ilgari Izabel dush Santush Afrikaning eng badavlat ayoli deb topilgan edi. 2020 yilda Forbes uning boyligini 1,4 milliard dollarga, 2019 yilda esa 2,3 milliard dollarga baholagan. 2021 yilda jurnal uni milliarderlar ro‘yxatidan olib tashladi, chunki uning mablag‘lari ko‘plab ayblovlar tufayli muzlatib qo‘yildi. 

Izabel dush Santush Rossiya fuqaroligiga ega. U 1973 yilda Bokuda tug‘ilgan, onasi penzalik rus millatiga mansub ayol. 

Izabelning otasi Joze Eduardu dush Santush 1979 yildan 2017 yilgacha Angola prezidenti bo‘lgan. Otasi iste’foga chiqqanidan ko‘p o‘tmay u korrupsiya ayblovlari tufayli mamlakatni tark etgan edi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: