O‘zbekistonlik talaba Peterburgda «Yil talabasi» tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Foto: Dunyo
Sankt-Peterburgdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Yil talabasi» tanlovida Sankt-Peterburg Davlat o‘rmon xo‘jaligi universitetida ta’lim olayotgan Asad Avezov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tanlov doirasida Sankt-Peterburg shahrida joylashgan 35 ta oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 156 nafar talaba taqdimotlari final bosqichida baholandi. Nufuzli hakamlar baholari natijalari ko‘ra, 23 nafar talaba tanlov sovrindorlari qatoridan joy oldi.
«Yil talabasi» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida Sankt-Peterburg shahri mutasaddilari, fan, ta’lim va madaniyat sohalari vakillari ishtirok etdi.
Mavzuga oid

12:26 / 22.02.2025
Peterburgdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi

15:39 / 19.11.2024
Peterburgda O‘zbekiston fuqarolari qonuniy tarzda ish bilan ta’minlanadi

20:25 / 23.08.2024
Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9 sentabrda boshlanadi

07:47 / 23.08.2024