O‘zbekistonliklar turistik maqsadda asosan qo‘shni davlatlarga chiqqani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat 19:37 / 28.11.2022 12408

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 1 noyabr holatiga O‘zbekistonning 4,4 million fuqarosi turistik maqsadda xorijga chiqqan. Ulardan 2,1 milliondan ortig‘i Qirg‘izistonga borgan.

O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p safar qilgan davlatlar:

  • Qirg‘iziston – 2151,8 ming
  •  Qozog‘iston – 870,0 ming
  • Tojikiston – 615,2 ming
  • Turkiya – 264,0 ming nafar
  • Rossiya – 210,3 ming nafar
  • BAA – 98,0 ming nafar
  • Saudiya Arabistoni – 54,7 ming
  • Misr – 31,9 ming
  • Janubiy Koreya – 19,2 ming
  • AQSh – 13,9 ming
  • Hindiston – 8,5 ming
  • Gruziya – 7,8 ming.
Ko‘proq yangiliklar: