Joriy yilning 23 dekabr sanasidan Asialuxe Travel kompaniyasi Maldiv orollariga uzoq kutilgan charter reyslarni amalga oshirishni boshlaydi.
Yil oxirida ko‘pchilik shahar hayoti va kundalik ishlardan charchaydi. Asialuxe Travel bularning barchasini biroz vaqtga unutib, jannatmakon Maldiv orollariga uchib ketishni taklif qiladi.
Maldiv bu – Hind okeanidagi ko‘plab chiroyli atollar, butun dunyoga taniqli plyajlar, moviy suv va boy suvosti dunyosidir. Aynan qishda orollarda «baxmal mavsum» boshlanadi – ideal ob-havo, yog‘ingarchilik yo‘q va hayratlanarli darajadagi mayin okean.
Qayerda to‘xtash mumkin?
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining havo kemalarida bor-yo‘g‘i 6 soat qulay parvoz va siz manzildasiz. Sokin orolda shinam rezort-mehmonxonani tanlab, odatiy kunlarni unutishingiz hamda tabiat va yaqinlaringiz orasida vaqtdan zavqlanishingiz mumkin.
Agar siz orol muhitiga to‘liq sho‘ng‘ishni, mahalliy aholi, madaniyat va odamlarning hayot tarzi bilan tanishishni istasangiz, yashash uchun bemalol kichik va shinam gestxauslarni tanlashingiz mumikn.
Orolda nimalar bilan shug‘ullanish mumkin?
Dam olib, kuch to‘plab olganingizdan keyin, rezort va gestxauslar barcha yoshdagi mehmonlariga taklif qiladigan ko‘ngilochar mashg‘ulotlardan bahramand bo‘ling.
Dayving yoki snorkling yordamida suvosti dunyosiga sho‘ng‘ish, syorfing, yaxtada sayr, baliqlar bilan suzish, SPA-majmualarda tetiklashish va relaksatsiya – voyaga yetganlar uchun bularning barchasi mavjud.
Kichkintoy mehmonlar uchun esa bolalar klublarida quvnoq animatorlar, interaktiv o‘yinlar, mashg‘ulotlar va raqslar bor.
Qanday qilib yetib olish mumkin?
Maldiv orollariga yetib olish o‘ylaganingizdan ko‘ra osonroq: viza va qo‘shimcha hujjatlar kerak emas, Asialuxe Travel kompaniyasidan eksklyuziv narxlar esa sizni quvontirishi aniq. Maldiv orollariga kompleks turistik to‘plamlar narxi bir kishi uchun 14,5 mln so‘mdan boshlanadi. Narxga aviachiptalar, transfer, tanlangan mehmonxonada yashash, konsepsiya bo‘yicha ovqatlanish, sug‘urta (COVID-19 uchun ham) va bayram gala-kechki ovqati kiradi.
Qachon uchib ketish mumkin?
Asialuxe Travel kompaniyasi tomonidan charter reyslar Uzbekistan Airways aviakompaniyasining samolyotlarida amalga oshiriladi. Toshkent – Male – Toshkent yo‘nalishidagi birinchi parvoz esa 2022 yilning 23 dekabr sanasiga belgilangan. Reyslar har hafta juma kunlari amalga oshiriladi.
Quyidagi sanalarning birini tanlang va turistik to‘plam band qiling:
23.12.2022 – 30.12.2022
30.12.2022 – 06.01.2023
06.01.2023 – 13.01.2023
13.01.2023 – 20.01.2023
20.01.2023 – 27.01.2023
Ushbu sanalarga Yangi yil bayrami munosabati bilan talab katta, shu sababli ta’tilni oldindan rejalashtirish va eng yaxshi mehmonxonalardan xona band qilishga ulguring.
Yo‘nalishlar, narxlar va parvoz shartlari haqidagi batafsil ma’lumotni asialuxe.uz sayti va (+998) 71 201-77-77 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Turistik to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun Google Play va AppStore orqali Asialuxe Travel mobil ilovasini yuklab oling.
Asialuxe Travel kompaniyasining mahsulotlarini O‘zbekistonning barcha turistik agentliklarida topishingiz mumkin.
Asialuxe Travel – sizning milliy turoperatoringiz!
Sayt: asialuxe.uz
Telegram-kanal: https://t.me/Asialuxe
Telegram/qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram @asialuxe.travel
Reklama huquqi asosida