Yaqinda “EZGU NIYAT” tibbiyot markaziga 72 yoshli bemor o‘z shikoyatlari bilan murojaat qilgan. Tekshiruvlardan so‘ng bemorda bir nechta muammo borligi aniqlangan va noyob jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishiga talab paydo bo‘lgan. Bemorning hayot sifatini yaxshilash maqsadida bir vaqtning o‘zida 3 xil jarrohlik amaliyoti o‘tkazish tavsiya qilingan. Ushbu orepatsiyaning noyobligi shundaki, avvalo o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi oldini olish maqsadida vena qon-tomiriga kava-filtri o‘rnatilgan, so‘ngra bemorga bir vaqtning o‘zida yurakda koronar shutlash va tizza bo‘g‘imini endoprotezlash amaliyotlari o‘tkazilgan.
Operatsiyalar “EZGU NIYAT” klinikasida ishlayotgan va kardiojarrohlikni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan belaruslik Dmitriy Turlyuk, shuningdek, ortopediya va travmatolgiya guruhi rahbari Sayfulla Ibragimov va Italiyalik taniqli ortoped-travmatolog Alberto Belluati ishtirokida amalga oshirildi.
Telegram: @ezguniyat_med
Instagram: @ezguniyat.uzb
Facebook: facebook.com/ezgu.niyat.9
You tube: youtube.com/channel/UCA1U0cthtQG-FXhvHDYSYXw
Murojaat uchun telefon: (95) 195-83-00, (71) 241-83-00
Reklama huquqi asosida