Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan obektda nazorat o‘lchovi uchun tijorat tashkiloti jalb qilinadi

Foto: Kun.uz
“Qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan obektlarda nazorat o‘lchovini o‘tkazish uchun jalb qilinadigan tijorat tashkilotlarini tanlash, ular xizmat haqini aniqlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Nizom O‘zbekiston budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan obektlarda nazorat o‘lchovini o‘tkazish uchun jalb qilinadigan tijorat tashkilotlarini tanlash, ular xizmat haqini aniqlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qurilish obektlarda nazorat o‘lchovini o‘tkazish uchun jalb qilinadigan tijorat tashkilotlarini tanlash, ular xizmat haqini aniqlash va to‘lash Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qurilish obektlarda nazorat o‘lchovini o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 maydagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan qurilish obektlarida nazorat o‘lchovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qurilish obektida nazorat o‘lchovi o‘tkazilgandan so‘ng ushbu qurilish obektida qayta nazorat o‘lchovi o‘tkazish uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kelgusi yil uchun qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qurilish obektlarida nazorat o‘lchovini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Moliya vazirligi asoslangan hisob-kitoblariga asosan inspeksiya xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
Inspeksiya kelgusi yil uchun xarajatlar smetasini tuzishda nazorat o‘lchovini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar yuzasidan tegishli hisob-kitoblarni joriy moliya yili 1 mayga qadar Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Kelgusi yil uchun nazorat o‘lchovini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar har yili tasdiqlangan O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qurilish obektlarini umumiy qiymati (markazlashgan kapital qo‘yilmalar limiti) 0,3 foizigacha miqdorida belgilangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qurilish obektlarida nazorat o‘lchovi o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar davlat budjetidan inspeksiya budjet tizimi budjetlari xarajatlari iqtisodiy tasnifi tegishli xarajatlar moddasi orqali bir satrda, yil choraklari va oylari kesimida rejalashtiriladi.
Qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qurilish obektlarida nazorat o‘lchovi o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar inspeksiya uchun Moliya vazirligi tomonidan ochiladigan alohida shaxsiy g‘azna hisobvaraqda aks ettiriladi.
O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda joriy moliya yilida qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qurilish obektlarida nazorat o‘lchovini o‘tkazish uchun rejalashtirilgan mablag‘lar doirasida xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Moliya yili yakuni bo‘yicha foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston respublika budjetiga qaytariladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi

14:53 / 05.03.2025
Foydali qazilmalarni qazib chiqarishni nazorat qilish tartibi tasdiqlandi

17:36 / 19.02.2025
«Trest-12»dagi davlat ulushini Doniyor Komilovga tegishli kompaniya sotib oldi

19:57 / 17.02.2025