Qashqadaryoda yong‘inni o‘chirishga chaqirilgan yong‘in-qutqaruv mashinasi YTHga uchradi

Jamiyat 23:20 / 25.11.2022 15321

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 25 noyabr kuni soat taxminan 18:25 larda Shahrisabz shahar FVBga shaharning Katta navqat ko‘chasida daraxt yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

Shundan so‘ng 4-sonli yong‘in-qutqaruv bo‘limidan Isuzu rusumli yong‘in-qutqaruv mashinasi voqea joyiga jo‘nagan. Maxsus mashina harakatlanib borayotgan vaqtda Shahrisabz shahrining Ipak yo‘li va Tarag‘ay Bahodir ko‘chalari chorrahasida qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Cobalt mashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda, Cobalt mashinasi haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: