Toshkentda noma’lum shaxslar bir ayolni majburan mashinaga solib olib ketgani aks etgan video tarqaldi

Jamiyat 15:47 / 24.11.2022 58212

“Sukut saqlama” (Nemolchi.uz) loyihasi bir qiz ko‘chada avtomobilga majburan solinib, olib ketilgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Videoda Tracker avtomobili ko‘p qavatli uylar joylashgan mahallada to‘xtab, undan ikkita erkak tushgani, yo‘lda ketayotgan qiz ularni ko‘rib qochgani, erkaklar qizni quvib yetib, sudragancha mashinaga solib, olib ketgani ko‘rinadi. Qora rangli avtomobil raqami – 70 R 300 SA.

“Sukut saqlama” kanalida yozilishicha, voqea Toshkentda bo‘lgan. Videoyozuvda bugungi sana – 24 noyabr, soat 07:35 ko‘rsatilgan.

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, voqea yuzasidan shahar IIBB tomonidan tezkor harakatlar olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: