Orolbo‘yi haqida hikoya qiluvchi «Sho'rxok» filmi AQShdagi kinofestivalda sovrinni qo‘lga kiritdi
«Sho'rxok» qisqa metrajli filmi Orol dengizi bilan bog‘liq odamlar haqida hikoya qiladi.

Sho'rxok filmi posteri
Orolbo‘yi muammolari haqida hikoya qiluvchi «Sho'rxok» filmi AQShdagi kinofestivallardan birida eng yaxshi operatorlik ishi bo‘yicha sovrinni qo‘lga kiritdi.
Aynan shu lenta Environmental Film & Screenplay Festival hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi operatorlik ishiga sazovor bo‘ldi.
Qisqa metrajli film markazida Orol fojiasini suratga olish uchun kelgan fotosuratchi. Biroq, buning o‘rniga u dafn marosimiga oldindan tayyorgarlik ko‘rayotgan qariya ayolni uchratadi. Qahramon orqali u odamlar va qurib borayotgan dengiz qanchalik chambarchas bog‘liqligini tushunadi.
Film Turizm va madaniy meros vazirligi ko‘magida Aral dream loyihasi doirasida olingan. Bu ushbu xalqaro platformaning birinchi loyihalaridan biriga aylandi.
Mavzuga oid

19:15 / 12.09.2024
Toshkent xalqaro kinofestivali boshqa muddatga qoldirildi

18:20 / 07.10.2023
Toshkent xalqaro kinofestivali yopilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

11:12 / 29.09.2023
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida 200 ga yaqin tadbir o‘tkazilishi kutilmoqda

21:59 / 01.07.2023