Farg‘onada uch kunlik kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jamiyat 22:47 / 24.11.2022 42597

Farg‘ona viloyati Buvayda tumani “Alimergan” MFY Hunarmandlar ko‘chasida 3 kunlik yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.

Buvayda tumani FVB boshlig‘i Davronbek Otamirzayevning Kun.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, bo‘limga 24 noyabr kuni soat 08:30larda IIB tomonidan qo‘ng‘iroq bo‘lib, holat bo‘yicha xabar berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1999 yilda tug‘ilgan kuyov A.A. hamda 2005 yilda tug‘ilgan kelin N.U. bir-biriga qarindosh bo‘lgan. Kuyov A.A. pechka yasab sotadigan usta bo‘lgani uchun 21 noyabr kuni o‘zi yasagan pechkalardan birini uyga o‘rnatgan. Ertalab o‘g‘li chiqavermaganidan shubhalangan ota uyga kirib mudhish hodisa guvohi bo‘lgan.

Tuman FVB boshlig‘ining qo‘shimcha qilishicha, qishloq gazlashtirilmagan hudud hisoblanadi.

Holat bo‘yicha prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: