EPSILON (EDC): Shirinobod-1 qudug‘i 70 ming kubmetr kunlik hajmda gaz bera boshladi

Jamiyat 20:26 / 23.11.2022 7485

Joriy yil 23 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi Shirinobod konining 1-sonli qudug‘ida amalga oshirilgan mukammal ta’mirlash, perforatsiya hamda kislotali ishlov berish ishlari ortidan quduqdan sanoat ko‘lamidagi gaz oqimi olindi.

Qazib chiqarilayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun bugun ushbu quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi. Ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya qoidalariga rioya qilgan holda bajarilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: