Messi va Ronalduning birgalikdagi surati fotoshop bo‘lib chiqdi
«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «PSJ» hujumchisi Lionel Messining birgalikda tushgan surati kompyuter dasturida yasalgan bo‘lib chiqdi.

Foto: AP
Avvalroq, futbolchilar ijtimoiy tarmoqlarida Louis Vuitton brendining reklama kampaniyasi aks etgan suratini joylashtirishgan edi. Unda superyulduzlar jomadon ustida shaxmat o‘ynab o‘tirgani aks etgan.
Ronaldu va Messi tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida bir vaqtda joylashtirgan surat juda uyg‘un ko‘rindi. Ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha — montaj mahsuli.
Reklamani suratga olish jarayoni videosini tomosha qilgach aynan shunday xulosaga kelish mumkin. Unda futbolchilar bir-biridan alohida tarzda suratga tushishgan.
Ommaviy axborot vositalarida «futbol tarixidagi eng zo‘r futbol surati» deb atalgan fotoni bir necha soatlar ichida 20 milliondan ortiq odam tomosha qilgan edi.
Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi mos ravishda Portugaliya va Argentina milliy jamoasi tarkibida Qatardagi jahon chempionati ishtirokchisi sanaladi.
Mavzuga oid

14:42 / 05.03.2025
Reklama qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq korxona jarimaga tortildi

13:37 / 27.02.2025
Hindistonda erkak film oldidan haddan uzoq reklama qo‘ygan kinoteatrni sudga berdi va yutib chiqdi

15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi

09:43 / 14.11.2024