“O‘zbekneftgaz”: “Ishchi guruh” suyultirilgan gaz ishlab chiqarish holatini o‘rganish maqsadida Muborak gazni qayta ishlash zavodida bo‘ldi

Jamiyat 20:00 / 19.11.2022 13236

Tashrif davomida, 2022 yilda zavodning mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, qurilmalarning uzluksiz ishlatilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Loyihalashtirilayotgan elementar oltingugurt ajratib olish qurilmasining qurilish maydoni, qurilmalarda ta’mirlash jarayonlari va gazni propan-butan ajratib olish qurilmalarining ishlash holati esa joyida nazorat qilindi.

Birinchi navbatda aholining maishiy ehtiyoji va ijtimoiy soha obektlari uchun “Hududgazta’minot” AJning hududiy filiallariga suyultirilgan gaz mahsuloti kelishilgan jadvallar asosida yetkazib berish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Ta’kidlash kerakki, amalda 505,8 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 506,3 ming tonna rejaga nisbatan 100,1% (o‘sish surati 104,6%) yetkazib berildi.

Boshqaruv raisi 2022-2023 yil kuz-qish mavsumida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish yo‘nalishida bir qator chora-tadbirlar belgilab olinganini bildirib, 24/7 rejimda tashkil qilingan navbatchilik ishlarini nazorat qilish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Muborak gazni qayta ishlash zavodida mavjud tabiiy gaz tarkibidan propan-butan aralashmalari ajratib olish bilan suyultirilgan gaz ishlab chiqarish qurilmalari faoliyatini uzluksiz nazoratda ushlash va ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘z vaqtida bartaraf etish lozimligini ta’kidladi.

Muborak gaz qazib chiqarish zavodida energiya tejamkor texnologiyalar asosida yangi mini gradirnilarni qurish loyihasi, sanoat oqova suv tizimlarini 2-bosqichga ajratib rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan topshiriqlar berildi. 4-sonli tabiiy gazni oltingugurt birikmalardan tozalash sexining 16,17,18-texnologik bloklarida №1-bosqich asutp tizimini modernizatsiya qilish, 14-sonli tabiiy gazni oltingugurt birikmalardan tozalash sexining 19,20,21-texnologik bloklarida №2-bosqich asutp tizimini modernizatsiya qilish, 4-sonli sexning chiqarish jarayoni uchun muhim bo‘lgan plunjirli nasos o‘rniga yangi zamonaviy nasoslarga almashtirish masalalari tahliliy muhokama qilindi.

Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash maqsadida, Muborak gazni qayta ishlash zavodidagi 2022 yilning o‘tgan davrida siquv kompressor stansiyasining 2 dona NK-16-18STD rusumli gazoturbinali dvigatellari “KMPO” AJda (Rossiya) kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Qurilmalardagi mavjud turbodetander agregatlarini barqaror ishlatish uchun “Maxsusenergogaz” AJ va Ukrainaning “Turbogaz” kompaniyasi mutaxassislarini jalb qilgan holda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Boshqaruv raisi mavsumda jami 328,2 ming tn, shundan 2022 yilning oktyabr-dekabr oylarida 156,9 ming tn va 2023 yil yanvar-mart oylarida 171,3 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishi rejasini so‘zsiz bajarish lozimligini bildirdi.

Ta’kidlash kerakki, yangi quvvatlar foydalanishga topshirilishi natijasida zavodning yillik quvvati 29,5 milliard kub metr gazni qayta ishlash darajasiga yetkazildi. Boshqaruv raisi eng avvalo ishchi-xodimlar uchun kuz-qish mavsumida yetarli sharoitlarni yaratish, ular bilan bog‘liq muammoli masalalar yuzaga kelganda, qisqa fursatda bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Bugungi kunda, zavod tomonidan bir kunda 51,8 mln kub metr (shundan qo‘shma korxonalarga tegishli miqdori – 13,5 mln kub metr) tabiiy gaz qayta ishlanmoqda. Tabiiy gazni qayta ishlash natijasida, 1 166 tonna suyuq uglevodorodlar (shundan 860 tonna suyultirilgan gaz) va 1000 tonnaga yaqin oltingugurt mahsuloti ishlab chiqarilmoqda.

Respublika aholisi va boshqa turdagi iste’molchilarning tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida, zavod tomonidan bir kunda “O‘ztransgaz” AJ magistral gaz quvurlariga 47,0 mln kub metr (shundan qo‘shma korxonalarga tegishli miqdori – 12,4 mln kub metr) tovar gaz, hamda “Hududgazta’minot” AJga 850 tonnaga yaqin suyultirilgan gaz (aholining maishiy ehtiyojlari uchun) vagon va avto sisternalar orqali yetkazib berilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: