Dunyo bo‘ylab yil davomida kutilgan chegirmalari va O‘zbekistondan buyurtma berish imkoniyati mavjud bo‘lgan 7 ta xorijiy do‘kon

Jamiyat 19:00 / 19.11.2022 14962

Noyabr - yillik global chegirmalar oyi. Butun dunyodagi brendlar maxsus aksiyalar va katta chegirmalarni boshlaydi.

Ro‘yxatda Toshkentga yetkazib berish imkoniyati mavjud bo‘lgan va noyabr oyida katta chegirmalar qilayotgan xorijiy internet-do‘konlar taqdim etilgan. Va ularning barchasidan Payme Visa virtual kartasi yordamida xarid qilish mumkin. Payme’dan Payme Visa nima va uni qanday ochish mumkinligi haqida havolada tanishib chiqish mumkin.

Aliexpress

Ushbu marketpleys haqida eshitmagan odamni topish qiyin. Bu Xitoy, Rossiya, Yevropa, Turkiya va boshqa ko‘plab mamlakatlar ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini taklif qiluvchi global onlayn-savdo platformalaridan biridir. Bu yerda kiyim-kechak, maishiy texnika, oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, uy, ofis, go‘zallik va salomatlik uchun mahsulotlar, mototsikllar, bolalar mahsulotlari va boshqa ko‘plab narsalarni topish mumkin.

Global chegirmalar 24 noyabrda boshlanadi va 30 noyabrda tugaydi. Sotuvchilar 90% gacha chegirmalarni taklif qilishadi.

Maslahat: vijdonsiz sotuvchiga uchrab qolmaslik uchun uning reytingiga e’tibor berish kerak - u 1000 dan past bo‘lmasligi lozim. Xaridorlarning, ayniqsa fotosuratlar bilan sharhlari ham muhim ahamiyatga ega - aynan ular sizga mahsulot qanday shaklda yetib kelishini va umuman u kelish kelmasligini bilishda yordam beradi.

ASOS

Dunyoga mashhur onlayn-zamonaviy kiyim-kechak do‘koni bo‘lmish ASOS 900 dan ortiq xalqaro brendlarning mahsulotlarini taklif etadi. Sayt yoki ilovada ayollar va erkaklar kiyimlari, kosmetika mahsulotlari, aksessuarlar va poyafzallarga buyurtma berishingiz mumkin. Shuningdek, bu yerda mavsumiy va bayram munosabati bilan chegirmalar bo‘limi mavjud.

Global chegirmalar 24 noyabrda boshlanadi va 30 noyabrda tugaydi.

Maslahat: ASOS'da o‘zining yetkazib berish xizmati mavjud, ammo ular juda yuqori qiymatda. Internet-do‘kondan do‘stlar yoki qarindoshlar bilan birgalikda kiyimlar xarid qilish foydaliroq. Yoki internet-do‘konlardan xarid qilish va yetkazib berish xizmatidan foydalanish mumkin.

iHerb

Sog‘lom turmush tarzi uchun mahsulotlari bilan eng yirik onlayn-do‘konlardan biri. Bu yerda kattalar va bolalar uchun vitaminlar, organik parvarish va dekorativ kosmetika vositalari, tabiiy oziq-ovqat qo‘shimchalari, sport ovqatlanishi va fitnes uchun mahsulotlar, ekologik maishiy kimyo va uy hayvonlari uchun maxsus vitamin va minerallarni xarid qilish mumkin. iHerb mahsulotlari assortimenti turli xalqaro ishlab chiqaruvchilaridan 40 mingga yaqin mahsulotlarni o‘z ichiga oladi.

iHerb har hafta turli mahsulotlarga chegirmalar qilishiga qaramay, mega chegirmalar davrida siz mahsulotlarni 70% gacha chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin. Noyabr oyi super chegirmalari boshlanishi 21 noyabrga to‘g‘ri keladi.

Maslahat: tarmoqda natijasida summa sezilarli darajada kamayadigan ko‘plab amaldagi promokodlarni topish mumkin. Buyurtmaga faqat bitta promokodni qo‘llash mumkinligiga qaramay, ulardan bir nechtasini kiritgan ma’qul - iHerb tizimi avtomatik ravishda foyda ko‘proq bo‘ladigan kodni tanlab oladi.

RoseShop

Bu Koreya kosmetika va terini parvarish qilish mahsulotlarining katta assortimentiga ega onlayn-do‘kon. Saytda go‘zallik va salomatlik uchun mahsulotlar, jumladan yuz kremlari va niqoblari, zardoblar va tozalash vositalari, pardoz uchun kosmetik liniyalar, tana va soch parvarishi uchun mahsulotlar, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash uchun vitaminlar va probiotiklarga buyurtma berish mumkin.

RoseShop butun yil davomida o‘zining yoqimli narxlari bilan barchaga mashhur. Noyabr oyida brendlar uchun 81% gacha chegirmalar boshlanib ulgurgan.

Maslahat: saytda to‘plamga (masalan, mato niqoblar yoki patchlarga) buyurtma berish, mahsulotni donalab olgandan ko‘ra foydaliroq bo‘ladi - narxlar Toshkentdagiga o‘xshash.

Shein

Shein - bu ayollar, erkaklar va bolalar uchun urfdagi va zamonaviy kiyimlarni eng yaxshi va hamyonbop narxlarda taklif qiluvchi mashhur onlayn-do‘kon. Kiyim-kechakdan tashqari, Shein’da uy bezaklari va oshxona buyumlari, saqlash va tashkillashtirish buyumlari, choyshab to‘plamlari, zargarlik buyumlari, go‘zallik mahsulotlari va elektronika buyumlarini topish mumkin.

Shein’da noyabrdagi arzonlashtirilgan sotuv ertaroq boshlanadi, ya’ni boshlanib bo‘lgan va 29 noyabrda tugaydi. Do‘kon shundoq ham jozibador narxlarga 80% gacha chegirmalar taqdim etadi.

Maslahat: do‘kon $129 (taxminan 1 430 000 so‘m) dan ortiq xaridlar uchun bepul yetkazib berish xizmatini va’da qiladi. Shuning uchun savatni do‘stlar, hamkasblar va qarindoshlar bilan birga yig‘ish foydaliroqdir.

Spors Direct

Bu erkaklar, ayollar va bolalar sport kiyimlari va sport anjomlari sotiladigan onlayn-do‘kondir. Saytda turli brendlardan turli toifadagi 7000 ga yaqin mahsulotlar mavjud. Masalan, Spors Direct’da haqiqiy futbol butsalari, basketbolchilar poyafzali, yuguruvchilar uchun krossovkalar, suv o‘tkazmaydigan sport kiyimlari va sport aksessuarlarini xarid qilishingiz mumkin. Onlayn-do‘konda Adidas, Reebok, Nike, Puma, Skechers va boshqa ishlab chiqaruvchilarning tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Bu yerda global arzonlashtirilgan savdo atigi ikki kun - 25 va 28 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 80% gacha chegirmalar bo‘lishi kutilmoqda.

Zara

Bu feshn-sanoatida xalqaro muvaffaqiyatga ega bo‘lgan ispan brendidir. Zara 3000 dan ortiq do‘konlar va butun dunyo bo‘ylab yetkazib berish xizmati bilan onlayn-butiklarni o‘z ichiga oladi. Saytda yoki ilovada ayollar va erkaklar kiyimlari, poyafzal, aksessuarlar va parfyumeriya mahsulotlarini tanlash mumkin. Dizaynlar yoshlarbop, sport dizaynidan klassikagacha, hashamdordan amaldagi va o‘ta zamonaviy shakllarda xilma-xildir.

Do‘konda keng ko‘lamli chegirmalar atigi ikki kun – 25 va 28 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Brend mahsulotlarning 90% gacha foyda bilan xaridini va’da qiladi.

Maslahat: o‘lchamda adashmaslik uchun tanlangan modelning o‘lchov qatoridan keyin joylashgan saytdagi maxsus qo‘llanmadan foydalanish mumkin. Funksiya kiyim-kechakning santimetr birligida qaysi aylanalarga mo‘ljallanganligini ko‘rsatadi.

Afsuski, dunyodagi barcha yirik do‘konlarda ham (masalan, Amazon) O‘zbekistonga o‘zining yetkazib berish xizmati mavjud emas. Biroq, ular katta chegirmalarga ega bo‘lgan juda ko‘p ajoyib mahsulotlarga ega. Bunday holda kerakli tovarlarni sotib oladigan va eshigingizgacha yetkazib beradigan transport kompaniyasi xizmatlaridan foydalanish mumkin. Masalan, Payme fintex kompaniyasining hamkori Globbing AQShdan xarid qilishda yordam beradi.

Payme ilovasini yuklab olish.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: