YeTTB O‘zbekistonda qanday loyihalarda ishtirok etishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar vaziri Jamshid Xo‘jayev Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Xargitay va YeTTB O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinosni qabul qildi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Uchrashuv davomida bank vakillari tomonidan O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar samaradorligi yuqori baholangani barobarida energetika, infratuzilmani rivojlantirish, irrigatsiya va boshqa sohalardagi modernizatsiya jarayonlarini moliyaviy va texnik qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish niyati bildirildi.
Kelgusi tadbirlarni yuqori tashkiliy darajada va mazmun jihatidan boyitilgan tarzda tayyorlash va o‘tkazish doirasida ushbu maqsadda tashkil etilgan ishchi guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.
Suhbat davomida bankning «Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi 118 ta nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish» loyihasini moliyalashtirish, qiymati 200 million dollar bo‘lgan O‘zbekiston irrigatsiya sektori institutsional tuzilishini mustahkamlash bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishga qiziqishi ma’lum qilindi. Ushbu loyihani birgalikda amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

18:06 / 22.02.2025
“Tolibon” iqtisodiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

20:19 / 17.01.2025
2024 yilda YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 1 milliard dollar sarmoya kiritdi

09:33 / 26.12.2024
YeTTB Xorazmda elektr uzatish tarmog‘i qurilishini moliyalashtiradi

11:59 / 22.12.2024