Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ayol uch nafar farzandi bilan o‘zini kanalga tashladi. Ikki nafar go‘dak halok bo‘ldi
Ayol qaynonasi bilan janjallashgan va unga jahl qilib, uch nafar bolasi bilan o‘zini Darg‘om kanaliga tashlagan.

Darg‘om kanali
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 3 noyabr kuni Samarqand tumani Jarqishloq mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan Q.A. qaynonasi bilan o‘rtalarida kelib chiqqan oilaviy kelishmovchilik natijasida unga jahl qilib, 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birga o‘zini Darg‘om kanaliga tashlagan.
Ular kanalda oqib ketayotganida Samarqand tumani Yangiariq mahallasida joylashgan oshxonada ishlovchi fuqarolar tomonidan suvdan chiqarib olingan.
Hodisa oqibatida ayolning ikki nafar farzandi vafot etgan. O‘zi va yana bir farzandi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, davolanish uchun shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan tergovga-qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur ayanchli hodisa viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilingan.
Muhokama davomida mahalla mutasaddilari faoliyati qoniqarsiz deb baholanib, xonadonbay ishlash, nizoli, janjalli xonadonlar, turmush o‘rtog‘i xorijda bo‘lgan oilalar bilan muntazam suhbatlar olib borish, nazoratni yo‘lga qo‘yish borasida tushunchalar berilgan.
Avvalroq, 2021 yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida eri va qaynonasining tazyiqlariga chidolmagan ayol va uning 16 yoshli qizi o‘z joniga qasd qilgandi. Ayolga faqat qiz farzandlar ko‘rgani uchun qaynonasi va eri tomonidan yillar davomida tahqirlangan. Bundan mahalla raisi va boshqa mutasaddilarning xabari bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
-
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18
Mavzuga oid

13:33 / 11.03.2025
Samarqand viloyatida uchta tarixiy masjid buzib tashlandi

17:22 / 17.10.2024
Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlandi

20:32 / 12.07.2024
Samarqandda Matiz mashinasi yonib ketdi

22:16 / 20.12.2023