Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab o‘quvchisi Gentra'da urib yuborgan bolaning ahvoli qanday?
Samarqandda 9-sinf o‘quvchisi Gentra avtomobilida 7-sinf o‘quvchisini urib, voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar berilgandi. Jabrlanuvchi Shukur O‘roqov Kun.uz bilan suhbatda o‘sha kungi voqea qanday sodir bo‘lganini aytib berdi.

Holat 2023 yil 18 dekabr kuni soat 17:25 larda Samarqand tumani Ravonak mahallasi hududida kuzatilgan.
“Ikki o‘rtog‘im bilan maktabdan qaytayotgandim. Yo‘ldan o‘tayotganimizda qattiq tovush chiqdi va meni mashina urib ketdi. Ma’lum muddat hech narsani tushunmadim, nima bo‘lganini bilmay qoldim. Keyin kimdir menga kelib yordam berdi. O‘rtoqlarim yordamida uyga keldim. Mashina egasi qochib ketgan ekan”, – deydi Shukur.
Shukurning otasi Zohir Muqumov Gentra'ning rulida bo‘lgan bolaning amakisiga tayanib aytishicha, o‘smir yigitning avtomobilni beruxsat boshqarish birinchi marta ro‘y bermagan.
“Men uyga kelganimda turmush o‘rtog‘im bolamizni mashina turtib ketgani, qo‘li lat yeganini aytdi. Shifoxonaga olib bordim. U yerda shifokorlar qo‘li singan deyishdi. Ichki ishlar xodimlari meni voqea joyiga olib borishdi. Holat shu yerdagi kameraga tushib qolgan ekan. Videoni ko‘rib, vahimaga tushdim. Bu darajada, deb o‘ylamagandim.
Bir holatga tushunmayapman. O‘sha bolaning onasi o‘g‘li mashinada odam urib, qochib ketganini bilibdi. Mahallaga kelib vaziyatni surishtirgan. O‘g‘limning qo‘li singanini bilgach, qaytib ketgan va mashinani ustaga olib borgan. Ayblarini yashirishga uringan. IIB harakati bilan mashina va uning egasini topishdi. Shuncha bilan ham bizdan na onasi, na biror yaqini kelib uzr so‘radi. Insonman, tushunaman, lekin ularda pushaymonlik hissini ko‘rmadim. Shuning uchun qonun oldida onasi ham, bolaning o‘zi ham to‘liq javob berishini istayman”, – dedi Zohir Muqumov.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi umumta’lim maktabida ota-onalar hamda maktab o‘quvchilari ishtirokida hodisa yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan.
IIB haqiqatan ham uddaburon o‘quvchi YTH sodir etganidan so‘ng darrov borib mashinasining shikastlangan joylarini ta’mirlashga ulgurganini tasdiqladi. Gentra boshqaruvida 2008 yilda tug‘ilgan o‘smir bo‘lgan. U onasiga tegishli mashinani so‘ramasdan minib chiqqan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

09:16 / 13.07.2025
Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini mashinada qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

15:36 / 09.07.2025
Avariyalarni kamaytirish uchun yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratiladi

15:24 / 09.07.2025