Parijda «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari» ko‘rgazmasi o‘tkaziladi 

Jamiyat 21:03 / 16.11.2022 13233

Parijda Arab dunyosi institutida «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari» ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Tadbir 2022 yil 23 noyabrda boshlanib, 2023 yil 4 iyunga qadar bo‘lib o‘tadi.  

Ko‘rgazmada XIX–XX asr o‘rtalariga oid milliy to‘qimachilik mahsulotlari, liboslar, bezaklar, Buxoro amirligi davrining zardo‘zli choponlari, shuningdek, O‘zbekiston davlat muzeylari kolleksiyasidan to‘plangan Turkiston avangardiga oid rangtasvir asarlar namoyish etiladi.

 Bu haqda Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva xabar berdi. 

«Men ushbu ko‘rgazma Yevropa jamoatchiligining qizg‘in e’tiborini qozonishiga ishonaman. Unda O‘zbekiston hunarmandlarining ajoyib ishlarini namoyish etib, an’analarimiz va qadimiy san’at maktablarimiz haqida tasavvur uyg‘otamiz. Biz xalqaro auditoriyaga yurtimizning boy merosini taqdim etishdan benihoya xursandmiz. Umid qilamizki, ushbu loyiha xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi va shu orqali o‘zbek millatini butun dunyoga tanitishda o‘z hissasini qo‘shadi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva. 

Ko‘proq yangiliklar: