Toshkent shahrining Olmazor tumanida issiqlik tarmog‘i xodimi xonadon egasiga qarzdorlik o‘ylab topib, uni yo‘qotish uchun pul undirmoqchi bo‘ldi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan IIBB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Veolia Energy Tashkent’ning Yunusobod tumani bo‘limi iqtisodchisi J.O. fuqaro K.ning Yunusobod tumani, «Buyuk turon» MFY hududidagi yashash xonadonining issiqlik manbaidan aslida mavjud bo‘lmagan 24 million so‘m qarzdorligini go‘yoki korxonaning yuqori turuvchi mansabdorlari orqali yo‘qotib bermoqchi bo‘lgan.
Buning evaziga o‘z xizmat xonasida 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 25, 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.