Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi

O‘zbekiston 01:08 9487

Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumanida hokim yordamchisi 33 mln so‘mlik kreditdan ikki marta olib berish evaziga 4,5 mln so‘m pora olayotganda ushlandi. Bu haqda «Zamon» dasturida xabar berildi.

Qayd qilinishicha, «Yakkaterak» mahallasida ishlagan hokim yordamchisi fuqaroga 33 mln so‘mlik imtiyozli kreditdan ikki marta olib berishni va’da qilgan. Evaziga undan 4,5 mln so‘m pora olayotganida ushlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tumani sudi hukmiga ko‘ra, ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 45-moddasi qo‘llanib, 168-moddasi (firibgarlik xizmat mavqeidan foydalangan holda) 3-qismi «v» bandi  bilan 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi qo‘llangan.

Shuningdek, unga rahbarlik va moddiy javobgarlik talab etiladigan lavozimlarida ishlash taqiqlanib, daromadining 20 foizi ushlab qolinishi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: