«Vikipediya» urush haqidagi maqolalar uchun 2 million rubl jarimaga tortildi
Moskva sudi Wikimedia Foundation'ni Ukrainadagi urush haqida ikkita «Vikipediya» maqolasini olib tashlamaganlikda aybdor deb topdi. Ensiklopediya 2 million rubl miqdorida jarimaga tortildi.

Foto: Wikimedia
Ukrainadagi urush haqida taqiqlangan maqolalarni olib tashlashdan bosh tortgani uchun Moskvaning Taganskiy tumani sudyasi Timur Vaxrameyev 1 noyabr, seshanba kuni «Vikipediya» onlayn ensiklopediyasi ishini qo‘llab-quvvatlovchi Amerikaning Wikimedia Foundation kompaniyasini 2 million rubl jarimaga tortdi.
Ish materiallariga ko‘ra, gap ikkita maqolaning o‘chirilmasligi haqida ketmoqda: «Rossiya bosqini davrida Ukraina tinch aholisining zo‘ravonliksiz qarshilik ko‘rsatgani uchun» va «Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga baho berish». Wikimedia Foundation'ga nisbatan ma’muriy protokollar Roskomnadzor tomonidan tuzilgan.
Aprel oyida xuddi shu sudya Wikimedia Foundation'ga ikkita shunga o‘xshash protokol bo‘yicha jami 5 million rubl miqdorida jarima soldi - kompaniya Ukrainadagi harbiy amaliyotlar haqida «noto‘g‘ri ma’lumot» bo‘lgan yettita maqolani, shuningdek, miltiqdori (porox)ishlab chiqarish haqidagi ikkita maqolani olib tashlamaganlikda aybdor deb topildi.
20 iyul kuni Roskomnadzor qidiruv tizimlariga Wikimedia Foundation'ni Rossiya qonunchiligini buzuvchi sifatida belgilashni buyurdi.
Mavzuga oid

13:39 / 26.02.2025
2024 yil jarimalardan 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ tushdi. Bu pullar qayerga sarflanyapti?

12:38 / 25.02.2025
Hozircha kamera va radarlarga tushganda yoziladigan jarimalar 12 balli tizimga qo‘shib hisoblanmaydi

20:22 / 21.02.2025
Qaysi qoidabuzarliklar uchun jarima balli hisoblanadi?

19:25 / 21.02.2025