OSON PUBG MOBILE CUP turniriga 300 dan ortiq jamoalar ro‘yxatdan o‘tdi

Jamiyat 19:00 / 02.11.2022 14214

«Hozir bo‘lib o‘tayotgan turnirga kelsak, bunday imkoniyatlar kelajakda biz uchun juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Katta imkoniyatlar, ayniqsa, O‘zbekiston kibersportini rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Shuningdek, kibersportga iqtidori bor yoshlar uchun o‘zlarining qobiliyatini ko‘rsatishlariga va kibersportni hozircha O‘zbekistonda, kelajakda esa jahon miqyosiga olib chiqishga katta qadam deb o‘ylayman », - deydi Shoxruz YAKUDZA.

YAKUDZA taxallusi ostida mashhur bo‘lgan strimmer, shuningdek, ushbu formatdagi turnirlarning kibersportni kelajakda yaxshi tomonga o‘zgartirishini ta’kidlab, o‘z fikrlarini bildirdi.

Onlayn saralash bosqichi g‘oliblariga Toshkentga yo‘llanma beriladi. Bo‘lib o‘tadigan turnirda oltita pulli sovrin e’lon qilindi. 20 noyabr kuni Westminster universitetida offline super final o‘tkaziladi.

OSON to‘lov tizimi ko‘magi ostida, FRAG - turnir operatori bo‘ldi. Yaqinlashib kelayotgan PUBG MOBILE turniri O‘zbekistondagi eng yirik musobaqalardan biri bo‘ladi. Chempionatda har bir jamoada besh nafar o‘yinchilardan iborat 512 ta jamoa ishtirok etadi va musobaqaga mamlakatning eng kuchli jamoalari ham taklif etiladi. Chempionat 6-13 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichi bilan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, OSON to‘lov tizimi PUBG MOBILE'ning rasmiy hamkori bo‘lib, O‘zbekistondagi qirollik janglari muxlislariga eng zo‘r sharoitlarni yaratish uchun harakat qilmokda. 

Bundan tashqari Oson orqali Steam, 4game, World of tanks, League of Legends va boshqa ko‘plab o‘yinlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlar mavjud, Gift kartalar bo‘limidan esa PUBG MOBILE, Playstation store, XBOX, Nintendo, Mobile Legends, Minecraft, Free Fire, ROBLOX va PUBG: New State uchun to‘lov kartalarini xarid qila olasiz.

Pubg mobile o‘yinchilari uchun yaxshi yangilik: OSON orqali UC xarid qilganingizda 5 % keshbek oling. Ilovani yuklab olish uchun: https://app.oson.uz

Batafsil Oson tizimi sahifalarida kuzatib boring:

Facebook |  Instagram | Youtube | Telegram | App 

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: