O‘zbekistonda aholisi o‘rtacha yoshi eng katta bo‘lgan tuman ma’lum qilindi
Aholisining o‘rtacha yoshi eng katta bo‘lgan hududlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz
2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha yoshi eng katta bo‘lgan tuman va shaharlar orasida Yakkasaroy tumani birinchi o‘rinni egalladi – 36,8 yosh.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan doimiy aholining o‘rtacha yoshi 34,6 yosh hamda 34,4 yosh bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek tumani va Mirobod tumani joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Chipchiq shahri – 34,1 yosh;
- Yunusobod tumani – 33,4 yosh;
- Yashnobod tumani – 33,2 yosh;
- Chilonzor tumani – 32,8 yosh;
- Buxoro shahri – 32,7 yosh;
- Tomdi tumani – 32,2 yosh;
- Nurafshon shahri – 32,2 yosh.
2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,8 yoshni tashkil etdi.
Mavzuga oid

13:43 / 11.02.2025
2024 yilda tug‘ilgan chaqaloqlarning ota-onasi yoshi bo‘yicha statistika ochiqlandi

20:25 / 10.02.2025
Xitoyda yangi oila qurish holatlari 45 yildagi eng past ko‘rsatkichga yetdi

13:59 / 09.02.2025
O‘zbekistondagi aholisi eng ko‘p bo‘lgan shahar va tumanlar ma’lum qilindi

15:04 / 05.02.2025