Noto‘g‘ri “ukol” qilib ikki bolaning oyog‘i ishlamay qolishiga sababchi bo‘lgan hamshiralar sud qilindi

Jamiyat 22:22 / 26.10.2022 31548

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 aprel kuni hamshira shifokor tomonidan tavsiya etilgan «Donat» nomli antibiotikni «Lidokain»da eritib, voyaga yetmagan bemorning yonbosh sohasiga noto‘g‘ri inʼeksiya qilishi oqibatida uning oyog‘ida qattiq og‘riq kuzatilib, ishlamay qolgan.

3 iyul kuni esa boshqa bir hamshira shifokor tomonidan tavsiya qilingan «No-Shpa» va «Dimedrol» dorilarini voyaga yetmagan Adhamovning o‘ng yonbosh sohasiga noto‘g‘ri inʼeksiya qilgan. Natijada uning ham bir oyog‘i ishlamay qolgan.

Sud tibbiyot ekspertizasi ushbu salbiy holatlar texnik jihatdan noto‘g‘ri qilingan inʼeksiya oqibatida sodir bo‘lganini tasdiqlagan.

Mazkur holat bo‘yicha Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 1-qismi bilan ikki nafar hamshiraga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi sudyasi Mashrabjon Ulug‘bekovning bildirishicha, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararlar qoplangani va tomonlar yarashgani inobatga olinib, jinoyat ishlari tugatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: