Samarqandda fuqaroning mashinasini 1,6 ming dollar evaziga jarima maydonchasidan chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
U viloyat IIB YHXBdagi tanishlari orqali mast holda mashina boshqargan shaxsning mashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berishni va ishni bosti-bosti qilishni va’da qilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 20 oktabr kuni IIV ShXBB Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasiga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, mashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga pul talab qilayotgan shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Uning arizasiga ko‘ra, 2022 yil 16 oktabr kuni soat 17:00 larda fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan “Nexia-3” mashinasini Samarqand shahar Rudakiy ko‘chasida boshqarib borayotganida YPX inspektorlari uni to‘xtatib, alkotesterdan o‘tgazganda spirtli ichimlik iste’mol qilgani aniqlangan. Shu sababli, YPX xodimlari unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, mashinani jarima maydonchasiga qo‘yishgan.

Shundan so‘ng B. ismli shaxs unga viloyat IIB YHXBda ishlovchi tanishlari orqali ishini ijobiy hal qilib berishi mumkinligini, holat yuzasidan tuzilgan ma’muriy bayonnomani sudga yubormasdan haydovchilik guvohnomasini olib berib, mashinani jarima maydonchasidan chiqarib berishini aytgan. U «xizmat haqi»ga fuqarodan 1,6 ming dollar pul talab qilgan.
Mazkur ariza yuzasidan 2022 yil 20 oktyabr kuni IIV ShXBB Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Q.B. ariza muallifidan 1,6 ming dollarni olgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirilgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Jahon | 00:43
-
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Jahon | 00:18
-
Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 17.03.2025
-
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Fan-texnika | 23:25 / 17.03.2025
Mavzuga oid

17:34 / 17.03.2025
Aprelda Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda

20:49 / 14.03.2025
Imom Moturidiy tavalludi keng nishonlanadi

16:41 / 12.03.2025
Samarqanddan uchgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

12:12 / 06.03.2025