“Qismatim farzandlarim taqdirida takrorlanishini istamayman” - dard bilan kurashayotgan ota iztirobi

Jamiyat 12:30 / 21.10.2022 12588

“Uch yildan beri shu dard bilan kurashaman. Borgan sari dorilar ham ta’sir qilmayapti. Qornimda suv yig‘iladi, kindigimda churra paydo bo‘lib shishib qolgan. O‘pkamdan har uch oyda 3-4 litr suv oldirib turaman. Jigar suvni haydab chiqarolmayapti. Bir yarim yashar qizimni ham ko‘tarolmayapman. Mumkin emas. Jigarim 60 foizga qurib bo‘libdi. 70 foizga chiqmasidan tezroq operatsiya qildirishimiz kerak. Yerimizni sotib ijaraga chiqdik. Davolanishim uchun ko‘p pul sarfladik. Lekin foydasi bo‘lmayapti. O‘zim yetimlikda katta bo‘lganim uchun bolalarimga buni ravo ko‘rmayman. Xudodan tinmay bolalarimni ulg‘aytirib oyoqqa qo‘yishim uchun ham shifo berishini so‘rayman”, – deydi Muhammadjon aka o‘kinch bilan.  

“Oilada erkak kishining o‘rni boshqacha bo‘larkan”, – deydi ayoli Shahnoza opa ko‘zyoshlarini artib. “Har safar davolanishga ketganida besh yashar o‘g‘lim “Dadam qani?”, deb so‘rayverib qiynaydi. Hali ikkiga kirmagan qizalog‘im otasini qidirib qoladi. Ularni ko‘rib yanada ko‘proq ezilaman. Turmush o‘rtog‘imga Xudodan shifo so‘rayman. Farzandlarim otasiz qolishini, turmush o‘rtog‘imning yo‘qligini tasavvur qilolmayman”.

Ayni o‘ynab-kuladigan yoshda taqdir sinovlari bilan kurashayotgan yosh oila yaxshilar ko‘magidan umidvor. Qurbingiz yetsa, norasida go‘daklarning otasiz qolmasligi uchun o‘z hissangizni qo‘shing.

Muhammadjonning o‘kinchlari ko‘p – dardga chalinib, rafiqasining bo‘ynidagi mas’uliyatni ko‘paytirganidan ming xijolatda.

“Tezroq sog‘ayib, barcha mas’uliyatni yelkamga olishni so‘rayapman. Ayolim men uchun qo‘lidan kelganini qilyapti. Ba’zida afsuslanib ketaman uni shunday ahvolga solganimdan”, – deya o‘kinadi bemor.

Muhammadjon Xolboyevga oid ma’lumotlar:

UzCard: 8600 0610 8857 6870 bemor Xolboyev Muhammadjon nomida

Manzil: Toshkent viloyati, Bekobod tumani, “Nayman” MFY, 33-xonadon.

Ko‘proq yangiliklar: