O‘zbekiston og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida beshinchi bo‘ldi 

Sport 20:54 / 17.10.2022 23022

6-16 oktabr kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi. 

O‘zbekiston milliy jamoasi sportchilari «katta medallar» toifasida 2 ta oltin va 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi. 

Jumladan, Adhamjon Ergashev (-67 kg vazn toifasida) va Doston Yoqubov (-73 kg) oltin medalni, Muhammadqodir Toshtemirov (-81 kg) va Sharofiddin Amriddinov (-102 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishdi. 

Ayollar orasida Nigora Abdullayeva (-55 kg) va Tursunoy Jabborova (-87 kg) ham bronza medaliga ega bo‘lishdi. 

Umumjamoa hisobida Xitoy milliy jamoasi birinchi (6 ta oltin va 2ta kumush), Qozog‘iston milliy jamoasi ikkinchi (3 ta oltin, 2ta kumush, 3 ta bronza), Vetnam milliy jamoasi uchinchi (3 ta oltin va 2ta kumush) o‘rinni egalladi. 

O‘zbekiston og‘ir atletikachilari 2020 yilda Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: