SSV: Sportni salomatlikka ziyon yetkazuvchi vositaga aylantirmaslik kerak

Jamiyat 17:00 / 15.10.2022 19411

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu bemorlar tana mushaklari massasi va quvvatini oshirish maqsadida bodibilding, kulturizm, fitnes kabi sport turlari bilan shug‘ullanish davomida kukun, tabletka va inʼeksiya shaklidagi turli biologik faol, xususan, proteinli qo‘shimchalardan muntazam foydalanib kelgan

Hatto ular orasida haftasiga bir-ikki marotaba turli ko‘rinishdagi preparatlarni tizimli ravishda qo‘llaganlar ham uchrab turadi. Oqibatda qondagi gemoglobin, eritrotsit, trombotsitlar miqdori o‘zgarib, qon quyuqlashishi yuzaga kelgan. So‘ngra tomirlarda tromblar hosil bo‘lishi hisobiga yuqoridagi singari xavfli asoratlar paydo bo‘lgan. 

Tahlillarga ko‘ra, foydalanilayotgan bu singari steroid preparatlar va anabolik komplekslarning aksariyati tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va tibbiyot xodimlari nazoratisiz qabul qilingan.

— Yoshlarimiz sport bilan shug‘ullanayotgani, albatta, quvonarli holat. Ammo uni sog‘lik uchun ziyon yetkazadigan mashg‘ulotga aylantirib qo‘ymasligimiz kerak. Afsuski, bugun ayrim yoshlarimiz bilak va mushaklarim yana ham baquvvat, qomatim kelishgan bo‘lsin, deb, mutaxassislar bilan maslahatlashmay, palapartish, nazoratsiz turli zararli vositalar, oqsil va gormonlarni qabul qilayotgani juda achinarli. Bu sog‘lom turmush tarziga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Shunday ekan, yoshlar, ota-onalar va jamiyat faollari, sog‘lom turmush targ‘ibotchilari, tibbiyot xodimlarini bu borada yanada hushyor va e’tiborli bo‘lishga chaqiramiz, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Unga ko‘ra, baquvvat bilak va mushaklar, chiroyli qomat uchun sog‘lom va o‘ktam yigitlarning o‘z hayotini xavf ostida qoldirishiga hech kim befarq bo‘lmasligi shart.

“O‘z navbatida, sog‘liqni saqlash tizimi vakillari, ayniqsa, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini xodimlari, oilaviy shifokor va hamshiralarning targ‘ibot va profilaktika dasturlaridan ana shu masalalar yanada qat’iy o‘rin olishi choralarini ko‘ramiz. Qolaversa, tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tmay realizatsiya qilinayotgan yuqoridagi singari preparatlar savdosi tegishli davlat organlari tomonidan qat’iy nazorat ostiga olinishi va davolash standartida ko‘zda tutilmagan dori-darmonlarning ishlatilishiga chek qo‘yish zarur, deb hisoblayman”, deydi vazir.

Ko‘proq yangiliklar: