Misr va Qatarga ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomi berildi
Toshkentda Misr va Qatarga ShHT muloqot bo‘yicha hamkori maqomi berish to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi.

Foto: Dunyo
Bugun Toshkent shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Misr va Qatarga ShHT muloqot bo‘yicha hamkori maqomi berish to‘g‘risidagi memorandumlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hujjatlarni ShHT bosh kotibi Chjan Ming, Misr tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Hamdi Sanad Loza va Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy imzoladi. O‘zbekiston tomonidan tadbirda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov ishtirok etdi.
Memorandumlar ShHT va yuqoridagi davlatlar o‘rtasida mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, savdo va investitsiya, energetika, AKT, qishloq xo‘jaligi, transport va kommunikatsiyalar, madaniyat, fan va texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni nazarda tutadi.
Hamkor davlat maqomi tashkilotga a’zo davlatlar taklifiga binoan ShHT doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish huquqini beradi. Memorandumlar ular imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Memorandumlarni imzolash bo‘yicha ishlar O‘zbekiston tomonidan ShHTga raisligi doirasida hamda tashkilot davlat rahbarlari kengashi tegishli qarorlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.
Mavzuga oid

20:43 / 11.03.2025
Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

10:14 / 05.03.2025
Arab sammiti Misrning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi

18:36 / 20.02.2025