Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Aniqlanishicha, ish beruvchi ushbu fuqaro ustidan yolg‘on ariza bergan. Natijada u Qatar qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topilib, hibsga olingan.

Foto: Getty images
Qatardagi elchixonasi diplomatlari ko‘magida Doha shahrida qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.
2024 yil may oyida Qatarga ishlash maqsadida borgan X.N. ish beruvchining yolg‘on arizasi asosida Qatar qonunchiligining bir necha moddalarini buzganlikda aybdor deb topilgan va hibsga olingan. Shu boisdan fuqaro amaliy yordam so‘rab elchixonaga murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, u 2024 yilda Doha shahriga go‘zallik salonida ishlash maqsadida kelgan. 2024 yil avgust oyida ushbu fuqaro ish beruvchining turli sabablarni ro‘kach qilib, go‘zallik saloni hududini tark etish talabidan keyin vaqtincha yashash uchun mehmonxonaga joylashgan. Oradan ko‘p o‘tmay mahalliy politsiya xodimlari O‘zbekiston fuqarosini qochoq va o‘g‘rilikda gumon qilib, qo‘lga olgan.
Surishtiruvlar davomida unga ish beruvchi tomonidan tuhmat qilingani, kafil ruxsatisiz qochgani va o‘g‘rilikni sodir etgani sababli bir yillik jazo muddatini o‘tamaguncha, Qatar hududini tark eta olmasligi ma’lum bo‘lgan.
Qatar huquqni muhofaza qiluvchi va tegishli organlari bilan olib borilgan muzokaralar va sud eshituvlari jarayonlarida diplomatlar ishtiroki ta’minlangan. Sakkiz oy davomida olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida bir yil muddatga jazoni ijro etishga hukm qilingan X.N. sud zalidan aybsiz deb topilib, ozod qilingan. Shuningdek, unga Qatar hududini tark etish bo‘yicha qo‘yilgan barcha taqiqlar olib tashlangan.
5 mart kuni diplomatlar ko‘magida u Doha—Toshkent yo‘nalishidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovi orqali O‘zbekistonga qaytarilgan.
«Qatarga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelayotgan fuqarolarimizdan litsenziyaga ega bo‘lgan rekruting agentliklari xizmatlaridan foydalanish, qonuniy tarzdagi shartnomalarni imzolagan holda ishga joylashish hamda Qatarning immigratsiya va mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilish zarurligini so‘raymiz», – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

18:14 / 28.02.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

00:46 / 27.02.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan ikki bola O‘zbekistonga olib kelindi

15:22 / 01.02.2025
Qatar O‘zbekistondan malakali mutaxassislarni ishga qabul qilishga tayyorlanmoqda

20:38 / 13.01.2025