So‘lim go‘sha Sangardak yozning so‘nggi kunlarida - fotogalereya

Jamiyat 15:09 / 21.08.2022 28818

Ayni kunlarda M41 yo‘lidan Sangardak qishlog‘iga eltuvchi yo‘l to‘liq ta’mirdan chiqarilgan, ayniqsa dam olish kunlari ziyoratchi va sayyohlar bilan gavjum bo‘lmoqda.

Eng quvonarlisi, ayni kunlarda Sangardak va Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanining Tatar qishlog‘ini bog‘lovchi 50 kmdan ziyod dovon yo‘li qurilishi ketmoqda. Ushbu yo‘l qurilib, ishga tushirilgach, Surxondaryo va Qashqadaryoning ikki yirik shaharlari — Denov va Shahrisabz shaharlari orasidagi masofa qariyb 150 km.ga qisqaradi.

Yo‘l qisqarishi, o‘z-o‘zidan Sangardak va boshqa tog‘ qishloqlarida ekoturizmning shiddat bilan rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

Kun.uz muxbirining Sangardak qishlog‘ida tushirgan fotosuratlaridan iborat galereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

Fotosuratlar muallifi: Shuhrat Shokirjonov

Ko‘proq yangiliklar: